User Guide

10 UZ
7 Nosozliklarni aniqlash
Bu bobda jihozda uchraydigan eng keng tarqalgan muammolar umumlashtirilgan. Agar quyidagi
maʼlumotlarga asosan muammoni hal eta olmasangiz, mamlakatingizdagi Mijozlarga xizmat koʼrsatish
markazi bilan bogʼlaning.
Muammo Ehtimoliy yechimi
Jihoz rozetkaga
ulangan boʼlsa ham,
ishlamayapti.
Filtrni almashtirish signali yoniq, lekin tegishli ltrni almashtirmagansiz.
Natijada jihoz qulangan. Bunday holatda ltrni almashtiring va ltrning
xizmat muddati hisoblagichini asliga tiklang.
Havo chiqarish
teshigidan chiqadigan
havo oldingidan
qisman kuchsizroq.
Filtr sirti ioslangan. Filtrning sirtini tozalang (“Tozalash” bobiga qarang).
Havo tozalagich
uzoq muddat ishlasa
ham, havo sifati
yaxshilanmaydi.
Filtrlardagi barcha qadoqlash materiallarini olib tashlaganingizni
tekshiring.
Filtr toʼgʼri oʼrnatilganini tekshiring.
Havo sifati datchigi ioslangan yoki nam. Havo sifati datchigini tozalang
(“Tozalash” bobiga qarang).
Xona oʼlchami katta yoki tashqaridagi havo sifati yomon.
Optimal tozalash samaradorligi uchun havo tozalagich ishlayotganda
oldin eshik va oynalarni yoping.
Ichkarida havoni ioslantiruvchi manbalar bor. Masalan, chekish, taom
tayyorlash, xushboʼy hid.
Filtrning xizmat muddati tugamoqda. Filtrni yangisi bilan almashtiring.
Jihozdan yoqimsiz hid
chiqmoqda.
Jihozdan birinchi bir necha marta foydalanganingizda undan plastikning
isi kelishi mumkin. Bu normal holat. Biroq, agar ltr olib tashlanganda
ham jihozdan kuygan hid chiqsa, Philips dileri yoki vakolatli Philips
servis markazi bilan bogʼlaning. Filtr ichki gazlarni yutgani sababli
ishlatilgandan keyin hid chiqarishi mumkin. Takroran ishlatish uchun
ltrni toʼgʼridan-toʼgʼri quyosh nurlariga qoʼyish orqali uni qayta
faollashtirish tavsiya etiladi. Agar hid ketmasa, uni almashtiring.
Jihoz juda baland
tovushda ishlaydi.
Filtr qadogʼi olib tashlanganligini tekshiring.
Havo sifati yaxshi boʼlmaganda jihoz yuqori tezlikda ishlaydi va
bu baland shovqinga sabab boʼladi. Tunda yotoqxonada jihozdan
foydalanganda “Uyqu tezligi”ni tanlang.
Agar havo olish teshigiga nimadir tushib ketsa, bu ham noodatiy baland
tovushga sabab boʼlishi mumkin. Begona jismlarni jihozdan chiqarib
tashlash uchun jihozni zudlik bilan oʼchiring, teskari qoʼying.
Filtrni almashtirsam
ham, jihoz uni
almashtirishim
zarurligini koʼrsatib
turibdi.
Filtrning xizmat muddati hisoblagichini qayta oʼrnatmagan boʼlishingiz
mumkin. Jihozni yoqing. Soʼngra rejim oʼzgartirgich tugmasini ( )
yoʼqolguncha 3 soniya bosib turing.