User Guide

6 UZ
Eslatma:
Havo tozalagich birinchi marta sozlanayotgan boʼlsa, bu koʼrsatmalar amal qilish mumkin. Agar
tarmoq oʼzgargan boʼlsa yoki qayta sozlash zarur boʼlsa, “Wi-Fi ulanishni asliga qaytarish” 6-betda
boʼlimiga qarang.
Agar smartfon yoki planshetingizga birdan ortiq havo tozalagichni ulashni istasangiz, buni ketma-ket
qilishingiz kerak.
Smartfon yoki planshetingiz va havo tozalagich orasidagi masofa hech qanday toʼsiqlarsiz 10 m
boʼlishini tekshiring.
Wi-Fi ulanishni asliga qaytarish
Eslatma:
Standart tarmogʼingiz oʼzgarganda Wi-Fi ulanishni asliga qaytaring.
1 Havo tozalagichni yoqish uchun uning vilkasini quvvat rozetkasiga ulang va tugmasini bosing.
2 Qisqa signalni eshitilgunga qadar tugmasini 3 soniya bosib turing.
» Havo tozalagich juftlash rejimiga oʼtadi.
» Wi-Fi indikatori toʼq sariq rangda yonib-oʼchadi.
3 “Birinchi marta Wi-Fi ulanishini sozlash” boʼlimida berilgan 3-4-bosqichlarga amal qiling.
Quvvatni ulash
Eslatma: Elektr toki urishi xav! Oʼzgaruvchan tok quvvat shnurini uzganda
vilkani rozetkada qolmasin. Aslo shnurdan tortmang.
Quvvat adapterini quyidagilarga ulang:
Dastlab, jihozdagi quvvat rozetkasi.
Soʼngra, devor rozetkasi.
Yoqish va oʼchirish
Eslatma:
Optimal tozalash samaradorligi uchun eshik va oynalarni yoping.
1 Yoqish uchun havo tozalagichning orqa tomonidagi quvvat tugmasini bosing.
» Havo tozalagich standartga koʼra avtomatik rejimda ishlaydi.
2 Havo tozalagichni oʼchirish uchun quvvat tugmasini yana bir marta bosing.
Rejim sozlamasini oʼzgartirish
Rejimni oʼzgartirish tugmasini bosish orqali Avtomatik rejim, Turbo rejim yoki Uyqu rejimini tanlash
mumkin Havo sifati chirogʼining yorqinligini joriy ish rejimini aks ettiradi:
Uyqu rejimi – eng past yorqinlik
Avto rejim – oʼrta darajadagi yorqinlik
Turbo rejimi – eng yuqori darajadagi yorqinlik
Avto rejim
Avto rejimda jihoz tashqi havo sifatiga muvoq ventilyator tezligini tanlaydi.
Turbo rejimi
Turbo rejimida havo tozalagich eng yuqori tezlikda ishlaydi.