User manual

17
O’ZBEKISTON
QUTINI OCHISH VA UNI BO’SHATISH
ESLATMA
Siz quvvat ta’minoti indikatori chirog’ini asosiy menyulardagi PARAMETR ni tanlash orqali
yoqishingiz yoki o’chirishingiz mumkin.
Joystik tugmasidan foydalanish
Tugmani bosish yoki joystikni chapga, o’ngga, yuqoriga yoki pastga surish orqali televizorni boshqarishingiz
mumkin.
Asosiy funksiyalar
Yoqish
Televizor o’chirilgan bo’lganda, barmog’ingizni joystik tugmasiga
qo’ying va uni bir marta bosib oling.
O’chirmoq
Televizor yoqilgan bo’lganda, barmog’ingizni joystik tugmasiga
qo’ying va uni bir necha soniya bir marta bosib oling.
(Biroq Menyu tugmasi ekranda bo’lsa, joystik tugmasini bosish
va ushlab turish Menyudan chiqishingizga imkon beradi.)
Ovozni
boshqarish
Agar barmog’ingizni joystik tugmasi ustiga qo’yib uni chapga
yoki o’ngga sursangiz, istagan ovoz balandligi darajasiga
sozlashingiz mumkin.
Kanallar
boshqaruvi
Agar barmog’ingizni joystik tugmasi ustiga qo’yib uni yuqoriga
yoki pastga sursangiz, istagan saqlab olingan kanalga o’tishingiz
mumkin.
ESLATMA
Barmog’ingiz joystik tugmasi ustida bo’lganda va uni yuqoriga, pastga, chapga yoki o’ngga
surganda, joystik tugmasini bosmasligingizga ehtiyot bo’ling. Agar avval joystik tugmasini
bossangiz, siz ovoz balandligi darajasi va saqlangan kanallarni sozlay olmaysiz.
Menyuni sozlash
Televizor yoqilgan bo’lganda, joystik tugmasini bir marta bosing. Joystik tugmasini yuqoriga, pastga,
chapga yoki o’ngga surish orqali( , , , ), Menyu elementlarini sozlashingiz mumkin.
Televizorni
o’chirish
Quvvatni o’chiring.
Sozlanmalar Asosiy menyuga kiradi.
Yopish
Ekrandagi ko’rsatmalarni tozalaydi va televizorni
ko’rishga qaytadi.
Kiritish ro’yxati Kiritish manbaini o’zgartiradi.