User manual

19
O’ZBEKISTON
QUTINI OCHISH VA UNI BO’SHATISH
Televizorni devorga mahkamlash
(Ushbu xususiyat barcha modellarda ham mavjud
emas.)
1 Teshikli boltlar yoki i devorga
mahkamlanadigan tayanch va boltlarni
televizorning orqa paneliga kiriting va tortib
mahkamlang.
- Agar teshikli boltlar o’rnatiladigan joy-
larda boltlar bo’lsa, ularni olib tashlang.
2 Devorga mahkamlanadigan tayanchni boltlar
yordamida devorga o’rnating.
Devorga mahkamlanadigan tayanchni va
televizorning orqa panelidagi teshikli boltlarning
joylashuv o’rinlarini moslashtiring.
3 Teshikli boltlar va devorga mahkamlanadigan
tayanchlarni mustahkam bog’lagich bilan
ulang.
Bog’lagich tekis sirtda gorizontal holatda
bo’lishiga ishonch hosil qiling.
EHTIYOT BO’LING
Bolalarning televizor ustiga tirmashib
chiqmasliklari yoki osilmasliklariga
ishonch hosil qiling.
ESLATMA
Televizorni ishonchli tarzda ushlab turish
uchun yetarli darajada mustahkam va
katta bo’lgan platforma yoki shkafdan
foydalaning.
Tayanch moslamalar, boltlar va
bog’lagichlar mahsulot bilan birga
yetkazib berilmaydi. Qo’shimcha
qurilmalar uchun mahalliy dileringizga
murojaat qiling.
Stol ustiga o’rnatish
1 Televizorni ko’taring va stolning ustida vertikal
holatga keltirgan holda qo’ying.
- Yetarlicha havo aylanib turishi uchun
devor bilan televizor orasida (eng
kamida) 10 sm masofa qoldiring.
10 sm
10 sm
10 sm
10 sm
10 sm
2 Quvvat manbaiga ulash shnurini rozetkaga
ulang.
EHTIYOT BO’LING
Televizorni issiqlik manbalari yaqini yoki
ustiga joylashtirmang, chunki bu yong’in
yoki boshqa ko’ngilsiz hodisalarni
keltirib chiqarishi mumkin.