User manual
6
Toifa
1. Dengiz mahsulot-
laridan tayyorlangan 
krem-sho’rva (Ic-1)
-Og'irlik cheklovi: 0,5 kg
-Mahsulot harorati: xona
-Anjom: mikroto'lqinli 
pechda foydalanish 
mumkin bo'lgan tovoq
Masalliqlar
1 dona to’g'ralgan kartoshka;
½ dona to’g’ralgan piyoz;
2 osh qoshiq maydalangan ko’katlar;
1 bog’ to'g'ralgan selderey 
(kashnichsimon oshko'k);
200 g tozalangan dengiz mahsulotlari; 
2 osh qoshiq o'simlik moyi;
ta'bga ko'ra tuz va murch;
600 g krem-sho’rva.
Ko’rsatmalar
1. Katta chuqur tovoqqa kartoshka, piyoz, ko’katlar, selderey, 
dengiz mahsulotlari, o'simlik moyi, tuz va murch soling va 
yaxshilab aralashtiring. Yelim qog'oz bilan qoplang va unda 
teshikchalar hosil qiling.
2. Tayyor masalliqni pechga qo'ying. Menyuni tanlang va 
tayyorlashni boshlash uchun < boshlash tugmasini bosing.
3. Tayyor bo'lgan mahsulotga krem-sho'rvani qo'shing va 
yaxshilab aralashtiring.
* Krem-sho'rva
½ piyola sariyog’\ 6 osh qoshiq un\ 2 piyola sut\ 1 kubcha 
tovuq ta'mli ziravor.
1. Tovada sariyog’ni eriting, un qo’shib bo'tqasimon 
aralashma hosil qiling.
2. Sut va tovuq ta'mli ziravorni qo’shing va past olovda taom 
quyilgunga qadar pishiring.
2. P'yemont sho’rvasi 
(Ic-2)
-Og'irlik cheklovi: 1,5 kg
-Mahsulot harorati: xona
-Anjom: mikroto'lqinli 
pechda foydalanish 
mumkin bo'lgan tovoq
Masalliqlar
2 dona tuxum;
4 osh qoshiq talqon;
2 osh qoshiq qirg’ichdan chiqarilgan 
pishloq; 
5 piyola suv;
Ta’m berish uchun muskat 
yong’og'i, ta'bga ko'ra tuz va murch.
Ko’rsatmalar
1. Barcha masalliqlarni katta chuqur tovoqqa soling va 
yaxshilab aralashtiring. Yelim qog'oz bilan qoplang va 
unda teshikchalar hosil qiling.
2. Tayyor masalliqni pechga qo'ying. Menyuni tanlang va 
tayyorlashni boshlash uchun 
<
 boshlash tugmasini 
bosing. Jarayon davomida kamida ikki marotaba 
aralashtiring.
3. Pomidor va 
pishloqli baqlajon 
(Ic-3)
-Og'irlik cheklovi: 1,0 kg
-Mahsulot harorati: xona
-Anjom: mikroto'lqinli 
pechda foydalanish 
mumkin bo'lgan idish
Masalliqlar
1~2 dona baqlajon;
1~2 pomidor;
ta'bga ko'ra tuz va murch; 
100 g qirg’ichdan chiqarilgan 
pishloq. 
Ko’rsatmalar
1. Baqlajon va pomidorni 1,5 sm kattalikdagi bo’laklarga 
bo'ling va ularga tuz va murch seping.
2. Baqlajon va pomidorlarni idishga tizib chiqing va har bir 
pomidor ustiga pishloqdan seping.
3. Menyuni tanlang va tayyorlashni boshlash uchun 
< 
boshlash tugmasini bosing.
4. Laqqa baliq va non 
bilan to’ldirilgan 
bulg’or qalampiri 
(Ic-4)
-Og'irlik cheklovi: 1,5 kg
-Mahsulot harorati: xona
-Anjom: mikroto'lqinli 
pechda foydalanish 
mumkin bo'lgan idish
Masalliqlar
4 dona har xil rangdagi shirin 
bulg’or qalampirlari;
2 banka konservalangan laqqa baliq;
2 dona maydalangan qora non;
1 dona maydalangan sarimsoq 
bo'lagi; 
100 g parmezan pishlog’I;
ta'bga ko'ra tuz va murch;
200 g pomidor bo'tqasi.
Ko’rsatmalar
1. Bulg’or qalampirlarining tepa qismini olib ularni urug'lardan 
tozalang.
2. Laqqa baliq, non, sarimsoq, parmezan pishlog’i, tuz va 
murchni birgalikda aralashtiring.
3. Laqqa baliqli aralashmani bulg’or qalampirlariga to'ldirib 
chiqing va ularni idishga soling.
4. Qalampirlar ustiga tomat pyuresini qo’shing va Yyelim 
qog'oz bilan qoplang.
5. Tayyor masalliqni pechga qo'ying. Menyuni tanlang va 
tayyorlashni boshlash uchun 
<
 boshlash tugmasini bosing.
Toifa
5. Spagetti bolon'eza 
(Ic-5)
-Og'irlik cheklovi: 1,0 kg
-Mahsulot harorati: xona
-Anjom: mikroto'lqinli 
pechda foydalanish 
mumkin bo'lgan tovoq
Bolon'eza qaylasi uchun 
masalliqlar
1 osh qoshiq zaytun moyi;
1 dona mayda to’g’ralgan piyoz;
1 dona maydalangan sarimsoq bo'lagi 
400 g qiymalangan mol go'shti; 
100 g tomat pastasi; 2 dona tog'ralgan 
pomidor; 1 osh qoshiq quritilgan 
ko’kat; ta'bga ko'ra tuz va murch.
Ta’mga qarab tuz va garmdori
Spagetti makaronini tayyorlash 
uchun masalliqlar
150 g qadoqda ko'rsatilgan usulda 
tayyorlangan spagetti makaroni; 1 
osh qoshiq parmezan pishlog’i.
Ko’rsatmalar
1. Bolon'eza sousining barcha masalliqlarini katta chuqur 
idishga soling va yaxshilab aralashtiring. Yelim qog'oz bilan 
qoplang va unda teshikchalar hosil qiling.
2. Tayyor masalliqni pechga qo'ying. Menyuni tanlang va 
tayyorlashni boshlash uchun 
< boshlash tugmasini bosing. 
Jarayon davomida kamida ikki marotaba aralashtiring.
3. Spagetti tayyor bo’lgandan keyin bolon'eza qaylasini tayyor 
makaron ustiga quying va dasturxonga tortishdan avval 
taom ustini parmezan pishlog’i yoki boshqa xohlagan 
narsangiz bilan bezang.
6. Spagetti karbonara 
(Ic-6)
-Og'irlik cheklovi: 0,4 kg
-Mahsulot harorati: xona
-Anjom: mikroto'lqinli 
pechda foydalanish 
mumkin bo'lgan tovoq
Karbonara qaylasi uchun masalliqlar
100 g tog'ralgan dudlangan bekon;
1 dona maydalangan sarimsoq bo'lagi 
½ piyola qaymoq \ 4 dona tuxum 
sarig'I \ 100 g parmezan pishlog’i \ 
ta'bga ko'ra tuz va murch.
Spagetti makaronini tayyorlash 
uchun masalliqlar
150 g qadoqda ko'rsatilgan usulda 
tayyorlangan spagetti makaroni; 1 
osh qoshiq parmezan pishlog’i.
Ko’rsatmalar
1. Bekonni yog' surtilgan tovada sarimsoq bilan och jigarrang 
tusga kirgunga qadar qovuring, so’ngra ortiqcha yog’ni 
ajratib oling.
2. Qovurilgan bekon, qaymoq, tuxum sarig’i, parmezan 
pishlog’i, tuz va murchni katta chuqur tovoqqa soling va 
yaxshilab aralashtiring. Yelim qog'oz bilan qoplang va unda 
teshikchalar hosil qiling.
3. Tayyor masalliqni pechga qo'ying. Menyuni tanlang va 
tayyorlashni boshlash uchun 
< boshlash tugmasini bosing.
7. Rizotto (Ic-7)
-Og'irlik cheklovi: 1,2 kg
-Mahsulot harorati: xona
-Anjom: mikroto'lqinli 
pechda foydalanish 
mumkin bo'lgan tovoq
Masalliqlar 
200 g rizotto guruchi \ 1 ½ piyola suv 
yoki tayyor sho'rva \ ½ piyola sut \ 2 
dona tuxum \ 200 g chopilgan mol 
go’shti \ 1 dona mayda to’g’ralgan 
piyoz \ 50 g yashilk no'xat \ 100 g 
qirg’ichdan chiqarilgan pishloq \ 
ta'bga ko'ra tuz va murch.
Ko’rsatmalar 
1. Barcha masalliqlarni katta chuqur tovoqqa soling va 
yaxshilab aralashtiring. Yelim qog'oz bilan qoplang va unda 
teshikchalar hosil qiling.
2. Tayyor masalliqni pechga qo'ying. Menyuni tanlang va 
tayyorlashni boshlash uchun < boshlash tugmasini bosing. 
Jarayon davomida kamida ikki marotaba aralashtiring. 
8. Olmali chipslar (Ic-8)
-Og'irlik cheklovi: 1
-Mahsulot harorati: xona
-Anjom: shisha patnis
Masalliqlar
½ dona olma
1 piyola shakar qo'shilgan suv (1 
piyola suv + 2 osh qoshiq shakar);
1. Olmalarni "mandolin" yoki sabzavotlar uchun mo'ljallangan 
tog'rash anjomida imkoni boricha ingichka bo'laklarga bo'ling 
va shakarli suvda 1~2 soatga qoldiring.
2. Olma parraklarini sochiq yordamida quriting va pergament 
qog’oziga joylashtiring. Yaxshi natija olish uchun ularni bitta 
qatorga qo’yib chiqing.
3. Tayyor masalliqni pechga qo'ying. Menyuni tanlang va 
tayyorlashni boshlash uchun < boshlash tugmasini bosing.
4. Tayyor bo'lgan olma chipslarini 1~2 soatga tashqarida qoldiring.










