Owner's Manual

2
DIQQAT:
ELEKTR TOKI URISH XAVFINI KAMAYTIRISH UCHUN KORPUS (YOKI
ORQA DEVORNI) OCHMANG ICHIDA FOYDALANUVCHI TUZATA OLADIGAN
QISMLAR YO`Q XIZMAT KO`RSATISH UCHUN MALAKALI
MUTAXASSISGA MUROJAAT ETING
To`g`ri uchburchak ichidagi nayza uchli chaqmoq belgisi foydalanuvchini
mahsulot ichida izolyatsiyalanmagan xavfli kuchlanish borligi va u
odamlar uchun elektr toki urishi xavfini tug`dirishda yetarli kuchga ega
ekanligi haqida ogohlantiradi.
To`g`ri uchburchak ichidagi undov belgisi foydalanuvchini mahsulotga
tegishli adabiyotda muhim ishlatish va xizmat ko`rsatish yo`riqnomalari
borligi haqida ogohlantiradi.
OGOHLANTIRISH: YONG`IN YOKI ELEKTR TOKI URISHI XAVFINING OLDINI OLISH
UCHUN USHBU MAHSULOTNI YOMG`IR YOKI NAMLIKDAN XOLI TUTING.
OGOHLANTIRISH: Ushbu jihozni kitob javoni yoki shu kabi tor joyga
joylashtirmang.
DIQQAT: Ventilyatsiya tuynuklari to`silib qolmasin. Ishlab chiqaruvchi ko`rsatmalariga
muvofiq o`rnating. Korpusdagi teshiklar va tuynuklar ventilyatsiya va mahsulotning
ishonchli ishlashi hamda uni o`ta qizib ketishini oldini olish uchun qo`yilgan.
Mahsulotni krovat, divan, gilam yoki shunga o`xshash buyumlar ustiga qo`yish
holatlari orqali tuynuklar hech qachon bekilib qolmasligi lozim. Munosib ventilyatsiya
sharoiti yaratilmasa yoki ishlab chiqaruvchining yo`riqlariga amal qilinmasa, mahsulot
kitob javoni yoki tokcha kabi tig`iz joylarda joylashtirilmasligi lozim.
DIQQAT:
Ushbu mahsulotda Lazer tizimidan foydalanilgan. Ushbu mahsulotdan to`g`ri
foydalanishni ta’minlash uchun mazkur qo`llanmani batafsil o`qing va uni kelajakda
foydalanish uchun olib qo`ying. Qurilma ta`mirtalab bo`lsa, vakolatli xizmat
ko`rsatish markaziga murojaat eting. Bu yerda ko`rsatilmagan boshqarish amallari,
sozlamalar yoki ishlatish tartiblaridan foydalanish xavfli radiatsiya ta’siriga sabab
bo`lishi mumkin. Lazer nurining bevosita ta’sirining oldini olish uchun korpusni
ochishga harakat qilmang. Ochilgan paytda ochiq lazer nuri ko`rinadi. NURGA TIK
QARAMANG.
DIQQAT: Apparatga suv (tomchilash yoki sachrash) tegmasligi va apparatning
ustiga vazalar kabi suyuqlik to`ldirilgan buyumlar qo`yilmasligi lozim.
Quvvat simi bo`yicha OGOHLANTIRISH
Ko`pchilik jihozlarning alohida quvvat nuqtasi yonida o`rnatilishi tavsiya etiladi;
Ya'ni, faqat ushbu jihozni quvvat bilan ta'minlovchi va qo`shimcha rozetka yoki paralel
zanjirga ega bo`lmagan bitta rozetkali liniya. Batafsil ma`lumot uchun ushbu
foydalanuvchi qo`llanmasining texnik xarakteristikasi betini o`qing. Devor rozetkalarini
zo`riqtirmang. Zo`riqqan devor rozetkalari, bo`shab qolgan yoki shikastlangan devor
rozetkalari, uzaytirish simlari, eskirgan quvvat simlari yoki shikastlangan yoki ochilib
qolgan sim izolyatsiyasi xavflidir. Ushbu holatlarning barchasi elektr toki urishi yoki
yong`inga sabab bo`lishi mumkin. Jihozingizning simini muntazam tekshirib turing va
uning ko`rinishi shikastlanish yoki eskirishdan dalolat bersa, jihozni o`chiring, jihozdan
foydalanishni to`xtating va simni vakolatli xizmat ko`rsatish markazida aynan shunday
ehtiyot qism bilan almashtiring. Quvvat simini egish, chigallash, qisish, yopiq eshikda
qoldirish yoki ustidan yurish kabi jismoniy yoki mexanik ta`sirdan ehtiyotlang. Vilkalar,
devor rozetkalari va simning jihozdan chiqqan joyiga alohida e'tibor qarating. Elektr
tarmog`idan o`chirish uchun elektr quvvat vilkasini ajrating. Mahsulotni o`rnatganda
vilkaning quvvat nuqtasiga ulanishi o`ng`ay bo`lishini ta`minlang.
Mazkur qurilmada portativ batareya yoki akkumuliator joylashtiriladi.
Batareyani xavsiz holatda jihozdan echib olish: Batareya yoki akkumuliatorni echib
oling; bunda batareyani joylashtirish tartibiga teskari tartibdagi ketma ketlikni bajaring.
Atrof muhitni ifloslanishi va insoniyat va hayvonot salomatligiga nusbatan mavjud xavfni
oldini olish uchun batareyani belgilangan axlat yig`ish joylaridagi maxsus axlat qutiga
tashlang. Batareyalar yoki batareya bilan birgalikda boshqa chiqindilarni istalgan erga
tashlab yuboravermang. Mahalliy, tovon to`lash talab etilmaydigan tizim batareyalari va
akkumuliatorlaridan foydalanish tavsiaya etiladi.
Batareya yuqori issiqlik ajratuvchi manbaaga, jumladan, quyosh nuri, olov yoki shunga
oxshash narsalarga yuzlashmasligi lozim.
Jihozni chiqindiga tashlash tartibi
1. Mahsulotda ushbu ustiga kesishgan chiziq chizilgan g`ildirakli chiqindi
qutisi belgisi ko`rsatilgan bo`lsa, bu mahsulotning 2002/96/EC Yevropa
Direktivasiga bilan muvofiqligini bildiradi.
2. Barcha elektr va elektron mahsulotlar maishiy chiqindi oqimidan alohida,
hukumat yoki mahalliy hokimiyat tomonidan belgilangan joylarda
chiqindiga chiqarilishi lozim.
3. Jihozingizni ta`kidlanganidek chiqindiga chiqarish atrof-muhit va odam
sog`ligi uchun salbiy oqibatlarning oldini olishga yordam beradi.
4. Eski jihozingizni to`g`ri tartibda chiqindiga chiqarish haqida batafsil
ma'lumot uchun, iltimos, shahringiz hokimiyati, chiqindi chiqarish xizmati
yoki mahsulot sotib olingan do`konga murojaat qiling.
DIQQAT
ELEKTR TOKI URISH XAVFI
MAVJUD
Xavfsizlik choralari
XB64-F0U-ARUSLL-UZB 2/8/10 10:51 AM Page 2