Owner's Manual

9
Audio parametrlarini sozlash
DRC (Karnay diapazonini boshqarish) – Tovush o’chirilganda uning sofligini
sozlang (faqat Dolby Digital tovushi uchun). Buning uchun [On] rejimini
o’rnating.
Vokal – Karaoke kanallarini odatdagi stereo tovushi bilan aralashtirish uchun
[On] tanlovini tanlang. Mazkur funksiya faqat ko’p kanalli karaoke DVDlarda
ishlaydi.
Qulflash parametrlarini sozlash
Qulflash tanlovlaridan erkin foydalanish uchun 4 raqamdan iborat parolni kiritish
shart. Agar siz hali parolni kiritmagan bo`lsangiz siz avtomatik tarzda buni
bajarishga yo`naltirilasiz.
1 4 raqamdan iborat parolni kiritib, ENTER tugmasini bosing.
2 Parolni yana bir bor kiriting, so`ng ENTER tugmasini bosib tasdiqlang.
Raqamni kiritayotib xatolikka yo`l qo`ysangiz, CLEAR tugmasini bosing va
qaytadan kiriting.
Area Code (Mintaqa kodi) – O’qish darajasi sifatida jug’rofiy mintaqa kodini
tanlang. Ota-onalar tomonidan nazorat qilinuvchi DVD larni baholash uchun
foydalaniladigan standartlar qaysi mintaqaga tegishli ekanligini aniqlaydi.
Qarang : 17-betdagi Mintaqaviy Kodlar bo’limi.
Rating (Reyting) – Cheklov darajasini tanlang. Cheklov darajasi qancha yuqori
bo`lsa, cheklash ko`lami shuncha yuqori bo`ladi. Cheklov darajasini bekor qilish
uchun [Unlock] ni tanlang.
Password (Parol) – Qulflash parametrlari uchun parolni o’rnatadi yoki
o’zgartiradi.
[New] Raqam tugmalaridan foydalangan holda 4 raqamli parolni kiritib,
ENTER tugmasini bosing. Tasdiqlash uchun parolni yana bir marta
kiriting.
[Change] Joriy parolni kiritgach, yangi parolni ikki marta kiriting.
Agar parolni unutsangiz boshqa parol qo`yishingiz mumkin.
1 Dastlab qurilmadagi diskni chiqarib oling.
2 SETUP tugmasini bosib Parametrlarni o'rnatish menyusini oching. “210499”
raqamini kiriting va ENTER ni bosing. Shu yo`sinda endi joriy parol o`chirildi.
Boshqa parametrlarni o`rnatish
DivX(R) registratsiyasi – Biz sizni DivX
®
VOD xizmatidan foydalangan holda
videolarni ijaraga yoki sotib olish imkonini beruvchi DivX
®
VOD (Video On
Demand) ro’yxatga olish kodi bilan ta’minlaymiz.
Qo’shimcha ma’lumot uchun www.djvx.com/vod saytiga tashrif buyuring.
ENTER ni bosing va jihozning registratsiya kodini ko`rishingiz mumkin.
Yarim karaoke - qism/titul/trek yakun topgach, ushbu funktsiya ekranda fanfarli
sado ostida ball natijalarni namoyish etadi.
Yarim karaoke funktsiyasi amal qiladigan disklar: DVD disklar/ DVD Karaoke
disklar
[On]: Kuylashni yakun qilganda ekranda balingiz namoyish bo`ladi.
[Off]: Fanfarli sado va ball ekranda namoyish bo`lmaydi.
- Ushbu funktsiya DVD/CD rejimda ishlaydi.
-
Yarim karaoke funktsiyasi mikrofon uzib qo`yilgandagina ishlaydi.
- O`qish davomida film faylining bir qismi tugab keyingi qismi boshlanganda
fanfarli sado yoki ball ekranda paydo bo`lsa, setup menyuga kirib semi
karaoke funktsiyasini bekor qiling yoki mikrofonni uzing.
VOCAL FADER
Turli manbalardagi qo`shiq xonandasi ovozini pasaytirib, ushbu funktsiyadan
karaoke sifatida foydalanish mumkin. (MP3/ WMA/ CD/ va hokazo.) VOCAL
FADER ni bosing va indikator oynasida “FADE ON” yozuvi ko`rinadi.
Bekor qilish uchun yana VOCAL FADER ni bosing.
- Ushbu funktsiya mikrofon ulangan holatdagina ishlaydi.
- VOCAL FADER funktsiyasining sifati musiqa fayllarining yozilish holatiga ko`ra
turlicha bo`lishi mumkin.
- Funktsiya mono rejimda ishlamaydi.
XB64-F0U-ARUSLL-UZB 2/8/10 10:51 AM Page 9