AC1711 Foydalanuvchi qoʼllanmasi
Mundarija 1 Muhim ������������������������������������������������������������������������������������� 2 2 Havo tozalagichingiz ����������������������������������������������������������� 5 3 Boshlash ���������������������������������������������������������������������������������� 7 4 Havo tozalagichdan foydalanish �������������������������������������� 8 5 Tozalash va texnik xizmat koʼrsatish ������������������������������11 6 7 8 Saqlash ������������������������������������������������
1 Muhim Xavfsizlik Jihozdan foydalanishdan oldin foydalanuvchi qoʼllanmasini diqqat bilan oʼqib chiqing va keyinchalik maʼlumot uchun saqlab qoʼying. Xavf • Tok urishi va/yoki yongʼin xavfining oldini olish uchun jihozni suv, har qanday suyuqlik yoki (yonuvchan) yuvish vositasi bilan yuvmang yoki ularning jihozga kirishiga imkon bermang. • Jihozning atrofida insektitsidlar yoki xushboʼy moddalar kabi yonuvchan materiallarni sepmang.
Diqqat • Bu jihoz tegishli shamollatish, muntazam changyutkichda tozalash yoki ovqat tayyorlash davomida dudboʼron yoki ventilyator sifatida ishlatishga moʼljallanmagan. • Doim jihozni quruq, barqaror, tekis va gorizontal yuzaga joylashtiring va foydalaning. • Jihozning atrofida kamida 20 sm va uning yuqorisida kamida 30 sm boʼsh joy qoldiring. • Jihozni ustiga oʼtirmang yoki uning ustida turmang. Jihozning ustiga hech narsa qoʼymang.
• Jihoz is gazi (CO) yoki radonni (Rn) chiqarib tashlamaydi. Bu jihozdan yongʼin jarayoni va zararli kimyoviy hodisalar bilan baxtsiz hodisalarda havfsizlik qurilmasi sifatida foydalanib boʼlmaydi. Elektromagnit maydonlar (EMF) Bu Philips jihozi elektromagnit maydonlarning taʼsiri boʼyicha barcha amaldagi standart va meʼyorlarga javob beradi. Qayta ishlash Bu belgi mahsulotning odatiy maishiy chiqindilar bilan tashlanmasligi zarurligini bildiradi (2012/19/EU).
2 Havo tozalagichingiz Xaridingiz muborak va Philips kompaniyasiga xush kelibsiz! Philips taklif qiladigan foydadan bahramand boʼlish uchun jihozni www.philips.com/welcome.
Tugmalar sharhi Boshqaruv tugmalari Chiroqni yoqish/oʼchirish tugmasi Quvvatni yoqish/oʼchirish tugmasi Rejimni almashtirish tugmasi Displey paneli Avto rejim 1-tezlik 2-tezlik Turbo rejimi Uyqu rejimi PM2.
3 Boshlash Filtrni oʼrnatish Dastlabki foylanishdan oldin filtrning barcha qadoqlarini olib tashlang. Eslatma: Filtrni oʼrnatishdan oldin havo tozalagich elektr rozetkasidan uzilgan boʼlsin. 1 1 2 3 4 5 2 3 4 5 Orqa qoplamani torting va jihozdan olib tashlang. Filtrni jihozdan tortib oling. Havo tozalash filtrining barcha qadoqlash materiallarini olib tashlang. Filtrni jihozga qaytarib qoʼying. Orqa qoplamani qayta oʼrnating.
4 Havo tozalagichdan foydalanish Havo sifati chirogʼi haqida Jihoz yoqilganda havo sifati chirogʼi avtomatik yoqiladi va ketma-ketlikda barcha ranglarda yonadi. Taxminan 30 soniyadan keyin zarralar datchigi havodagi zarralarning havo sifatiga mos keladigan rangni tanlaydi. Havo sifati rangi PM2.5 va IAI koʼrsatkichlari orasida eng yuqori indeksi bilan aniqlanadi. Havo sifati chirogʼining rangi Havo sifati darajasi Koʼk Yaxshi Koʼk-qirmizi Qoniqarli Qirmizi-qizil Yomon Qizil Juda yomon PM2.5 PM2.
1 Havo tozalagich vilkasini devor rozetkasiga ulang. 2 Havo tozalagichni yokish uchun tugmasiga teging. » Havo tozalagich signal chaladi. » Qizib olish vaqtida ekranda “ ” koʼrsatiladi. Havo sifatini oʼlchagandan keyin havo tozalagich PM2.5/ IAI darajasini koʼrsatadi. » Ekranda IAI koʼrsatilib, havo tozalagich avtomatik rejimda ishlaydi. 3 Havo tozalagichni oʼchirish uchun tugmasini 3 soniya bosib turing.
Displey indikatorini almashtirish Eslatma: Standartga koʼra, jihoz displeyi PM2.5 darajada boʼladi. • Displey indikatorini IAI /PM2.5 lardan biriga almashtirish uchun soniya bosib turing. 3s tugmasini 3 3s Chiroqni yoqish/oʼchirish funksiyasidan foydalanish Chiroq datchigi bilan tashqi muhit chirogʼiga qarab, boshqaruv paneli avtomatik yonadi, yochadi yoki qorongʼilashadi. Tashqi muhit qorongʼi boʼlsa, boshqaruv paneli oʼchadi yoki qorongʼilashadi.
5 Tozalash va texnik xizmat koʼrsatish Eslatma: • Tozalashdan oldin jihozni har doim tokdan uzing. • Jihozni hech qachon suv yoki boshqa suyuqlikka solmang. • Hech qachon jihozning biror qismini tozalash uchun abraziv, agressiv yoki yonuvchan tozalash vositalari, masalan, oqartirgich yoki spirtdan foydalanmang. • Filtrni tozalash uchun birorta suyuqlikdan (jumladan, suv) aslo foydalanmang. • Zarralar datchigini changyutkich bilan tozalashga harakat qilmang.
2 1 2 3 4 5 3 5 Havo tozalagichni oʼchiring va quvvat rozetkasidan uzing. Havo sifati datchigi qoplamasini oching. Zarralar datchigini nam paxta mato bilan tozalang. Quruq paxta mato bilan barcha qismlarni tozalang. Havo sifati datchigini yoping. Filtrning sirtini tozalash Filtr signali chirogʼining holati Filtrni tozalash signali ekranda aks etadi. Harakat Filtrning sirtini changyutkich bilan tozalang. 1 Havo tozalagichni oʼchiring va quvvat rozetkasidan uzing.
Filtrni almashtirish Salomatlikni himoyalash qulfi haqida tushuncha Bu havo tozalagich ishlayotganida havo tozalash filtri optimal holatdaligini taʼminlash uchun filtrni almashtirish indikatori bilan jihozlangan. Filtrni almashtirish zarur boʼlsa, filtrni almashtirish signali chirogʼi yonadi. Agar filtr vaqtida almashtirilmasa, havo tozalagich ishlashdan toʼxtaydi va xonada havo sifatini himoya qilish uchun avtomatik qulflanib qoladi. Filtrni imkoni boricha tezroq almashtiring.
8 Jihozni yoqish uchun tugmasini bosing. 9 9 Filtrning xizmat muddati hisoblagichini asliga tiklash uchun va tugmasini 3 soniya bosib turing. 10 Filtrni almashtirgandan keyin qoʼllaringizni yaxshilab yuving. Eslatma: Filtrni hidlamang, chunki unda havodagi ifloslantiruvchilar toʼplangan boʼladi. + 3s Filtrni qayta oʼrnatish Filtrni almashtirish signali ( ) ekranda paydo boʼlishidan oldin uni almashtirishingiz mumkin.
7 Nosozliklarni aniqlash Bu bobda jihozda uchraydigan eng keng tarqalgan muammolarni umumlashtirilgan. Agar quyidagi maʼlumotlarga asosan muammoni hal eta olmasangiz, mamlakatingizdagi Mijozlarga xizmat koʼrsatish markazi bilan bogʼlaning. Muammo Ehtimoliy yechimi Jihozni yaxshilab tozalang. • Filtrni almashtirish signali muntazam yoniq, lekin tegishli filtrni almashtirmagansiz. Natijada jihoz qulflangan.
Muammo Ehtimoliy yechimi Jihozdan yoqimsiz hid chiqmoqda. • Jihozdan birinchi bir necha marta foydalanganingizda undan plastikning isi kelishi mumkin. Bu normal holat. Biroq, agar filtrlarni olib tashlashda jihozdan kuygan hid chiqsa, Philips dileri yoki vakolatli Philips servis markazi bilan bogʼlaning. Filtr ichki gazlarni yutgani sababli ishlatilgandan keyin hid chiqarishi mumkin.
8 Kafolat va servis Agar sizga maʼlumot zarur boʼlsa yoki muammongiz boʼlsa, Philips kompaniyasining www.philips.com veb-saytiga kiring yoki mamlakatingizdagi Mijozlarga xizmat koʼrsatish markazi bilan bogʼlaning (global kafolat risolasidan telefon raqamini oling). Agar mamlakatingizda Mijozlarga xizmat koʼrsatish markazi boʼlmasa, mahalliy Philips dileri bilan bogʼlaning.
© 2021 Philips Domestic Appliances Holding B.V. Barcha huquqlar himoyalangan. AC1711_EU_UM_v1.