User Manual

3UZ
Diqqat
Bu jihoz tegishli shamollatish, muntazam changyutkichda
tozalash yoki ovqat tayyorlash davomida dudboʼron yoki
ventilyator sifatida ishlatishga moʼljallanmagan.
Doim jihozni quruq, barqaror, tekis va gorizontal yuzaga
joylashtiring va foydalaning�
Jihozning atroda kamida 20 sm va uning yuqorisida kamida
30 sm boʼsh joy qoldiring.
Jihozni ustiga oʼtirmang yoki uning ustida turmang. Jihozning
ustiga hech narsa qoʼymang.
Jihozga kondensatsiya toʼkilishining oldini olish uchun uni
bevosita konditsionerning ostiga qoʼymang.
Faqat bu jihoz uchun moʼljallangan asl Philips ltrlaridan
foydalaning. Boshqa ltrlardan foydalanmang.
Filtrning yonishi insonga juda yomon taʼsir koʼrsatishi va/yoki
boshqalarning hayotini xavf ostiga qoʼyishi mumkin. Filtrdan
yonilgʼi yoki boshqa maqsadda foydalanmang.
Jihozga (ayniqsa, havo olish va havo chiqarish teshiklariga)
qattiq jismlar bilan urmang.
Jismoniy jarohatlanish yoki jihoz ishdan chiqishining oldini olish
uchun barmoq yoki boshqa jismlarni havo chiqarish va havo
olish teshigiga kiritmang�
Bu jihozdan uyda hasharotlarni qochiradigan tutunli vositalar
qoʼllanganda yoki moyli qoldiqlar, yonayotgan chiqindilar yoki
kimyoviy bugʼlar boʼlgan joyda foydalanmang.
Jihozni gaz bilan ishlaydigan jihozlar, isitish qurilmalari yoki
oʼchoqlar yaqinida ishlatmang.
Jihozni surish, uni tozalash, ltrni almashtirish yoki boshqa
xizmat koʼrsatish ishlarini bajarishda uni rozetkadan uzib
qoʼying.
Jihoz faqat uyda normal ish sharoitlarida ishlatishga
moʼljallangan.
Jihozni nam atrof-muhit yoki namlik darajasi yuqori yoki atrof-
muhit harorati yuqori boʼlgan joylar, masalan, hammom,
hojatxona, oshxona yoki harorat keskin oʼzgaradigan joylarda
ishlatmang�