User manual

Table Of Contents
338
O'zbek
Tozalash
Tish choʻtkasi dastasi
1
Choʻtka kallagini chiqarib oling va metall val atrofini
iliq suv bilan yuving. Har qanday tish pastasi qoldigʻini
tozalaganingizni tekshiring.
Ogohlantirish: Metall valdagi rezina zichlagichni oʻtkir
narsalar bilan bosmang, bu shikastlanishga olib kelishi
mumkin.
2
Dastaning butun yuzasini nam mato bilan artib oling.
Izoh: Ortiqcha suvni yoʻqotish uchun dastani rakovinaga
urmang.
Choʻtka kallagi
1
Choʻtka kallagi va choʻtkani har foydalanishdan keyin
yuving.
2
Choʻtka kallagini dastadan chiqarib oling va choʻtka
kallagi ulanish qismini kamida haftada bir marta iliq
suv bilan yuving. Sayohat qopqogʻini zarur boʻlgancha
tez-tez yuvib tashlang.
Quvvatlash moslamasi
1
Tozalashdan avval, quvvatlagichni tarmoqdan uzing.
2
Quvvatlash moslamasining butun yuzasini nam mato
bilan artib oling.
Sayohat gʻilofi
Iliq suv bilan yuving va sayohat gʻilofi ichini tozalash
uchun nam matodan foydalaning.
Sanitayzerni tozalash
Ogohlantirish: Sanitayzerni suvga botirmang yoki
joʻmrak ostida chaymang.
Ogohlantirish: Sanitayzerning ultrabinafsha
chirogʻi issiqligida sanitayzerni tozalamang.
Optimal samaradorlik uchun sanitayzeringizni har hafta
tozalash tavsiya etiladi.
1
Sanitayzerni tarmoqdan uzing.