User manual

Table Of Contents
340
O'zbek
Model raqamini aniqlash
Model raqami (HX64XX, HX68XX) uchun Philips Sonicare
tish choʻtkasi dastasi ostki qismiga qarang.
Kafolat va qoʻllab-quvvatlash
Agar sizga maʼlumot yoki qoʻllab-quvvatlash kerak boʻlsa,
www.philips.com/support veb-saytiga tashrif buyuring
yoki xalqaro kafolat varaqasiga qarang.
Kafolat istisnolari
Bular kafolat bilan qoplanmaydi:
- Ogʻiz biriktirmalari, jumladan, choʻtka kallaklari va
uchliklari.
- Ruxsat berilmagan ehtiyot qismlar yoki ruxsat
berilmagan choʻtka kallaklari sababli yetkazilgan
zararlar.
- Notoʻgʻri foydalanish, zoʻriqtirish, beparvo
foydalanish, oʻzgartirish yoki uchinchi tomon
taʼmirlashi keltirib chiqargan shikastlanish.
- Odatiy eskirish, jumladan, qirilish, ishqalanish, rang
oʻzgarishi yoki rang oʻchishi.
- Ultrabinafsha chiroq.
Qayta ishlash
- Bu belgi elektrotexnika mahsulotlarini va
batareyalarni odatiy maishiy chiqindilar bilan birga
yoʻq qilish mumkin emasligini anglatadi.
- Mamlakatingizdagi elektrotexnika mahsulotlari va
batareyalarni alohida toʻplash qoidalariga amal qiling.
- Sanitayzerning ultrabinafsha chirogʻi oʻzida simob
saqlaydi. Xizmat muddati tugaganda, ultrabinafsha
chiroqni odatiy maishiy chiqindilar bilan birga tashlab
yubormang. Qayta ishlash uchun uni rasmiy toʻplash
nuqtasiga olib boring.
Qayta quvvatlanadigan batareyani chiqarib olish
Jihoz tashlab yuborilayotgan paytda uning oʻrnatilgan,
qayta quvvatlanadigan batareyasi faqat malakali
mutaxassis tomonidan ajratib olinishi lozim.
Batareyani chiqarib olishdan avval batareya toʻliq
boʻshligini tekshiring.