manual de utilizador

O'zbek
694
Xavfsizlik ma’lumoti
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu muhim xavfsizlik ma’lumotlarini
o‘qib chiqing. U qurilmalar uchun umumiy xavfsizlik ma’lumotlariga
va Sizning qurilmangizga tegishli bo‘lmagan tarkibga ega bo‘lishi
mumkin. O‘zingiz va boshqalarga yoki qurilmangizga zarar
yetkazmaslik uchun ogohlantirish ma’lumotlariga rioya qiling.
“Qurilma” termini mahsulot va uning batareyasi, zaryadlash
qurilmasi, mahsulot bilan birga taqdim etilgan elementlar va
mahsulot bilan ishlatiladigan barcha Samsung tomonidan
tasdiqlangan aksessuarlarni bildiradi.
Ogohlantirish
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal
qilmaslik jiddiy shikastlanishga yoki o‘limga olib
kelishi mumkin
Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan
elektr manbai uyasidan foydalanmang
Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Elektr kabelini nam qo‘l bilan ushlamang yoki zaryadlash
qurilmasini kabeldan tortish orqali chiqarmang
Bunday qilish elektr toki urishi natijasidagi o‘limga olib kelishi mumkin.
Elektr kabelini egmang yoki zararlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab
bo‘lishi mumkin.