manual de utilizador

O'zbek
696
Qurilma va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va
joylashtiring
• Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Qurilma
yoki batareyalarni mikroto‘lqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi
qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda
portlab ketishi mumkin. Ishlatilgan qurilma yoki batareyani tashlab
yuborishda mahalliy qonunlarga rioya qiling.
• Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang.
• Batareyaning yuqori bosim ostida qoldirmang, chunki bu qisqa
tutashuv yoki qizib ketishga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan
himoyalang
• Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda
qoldirmang.
• Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va
qurilma va batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi
mumkin.
• Batareyani metal predmetlar bilan kontaktga kirishiga yo‘l qo‘ymang,
chunki bu batareyaning + va – terminallari o‘rtasidagi tutashishni
yuzaga keltiradi yoki batareyani zararlaydi.
• Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.
Qurilmangizni qizitish pechlari, mikroto‘lqinli pechlar, issiqlik
yordamida pishirish uskunalari yoniga yoki katta bosimli saqlash
idishlari ichiga qo‘ymang
• Batareya ichidagi suyuqlik oqib ketishi mumkin.
• Qurilmangiz qizib ketishi va natijada yonib ketishi mumkin.
Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko‘p
to‘planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday joylarda
saqlamang
Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto‘g‘ri ishlashiga sabab
bo‘lishi va yong‘in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.