manual de utilizador

O'zbek
697
Ko‘p funksiyali uya va zaryadlash qurilmasi ingichka uchining
suyuqliklar, chang, kukunlar va qalam grafitlari kabi o‘tkazuvchan
moddalar bilan aloqaga kirishiga yo‘l qo‘ymang
Tok o‘tkazuvchi materiallar terminallarning zanglashiga olib kelishi
mumkin, bu o‘z navbatida portlash yoki yong‘in chiqishiga sababchi
bo‘lishi mumkin.
Qurilma yoki batareyani tishlamang yoki so‘rmang
• Bunday qilish qurilmani buzishi, yong‘in chiqishi yoki portlashga olib
kelishi mumkin.
• Bolalar yoki hayvonlar mayda bo‘laklarni yutib yuborishi mumkin.
• Agar bolalar qurilmadan foydalansa, uning to‘g‘ri ishlatilayotganligiga
ishonch hosil qiling.
Qurilmani yoki uning aksessuarlarini ko‘zga, quloqqa yoki og‘izga
kiritmang
Bunday qilish nafas yo‘llarini to‘sishi yoki jiddiy shikast yetkazishi
mumkin.
Oqayotgan yoki shikastlangan Litium Ion (Li-Ion) batareyani
ishlatmang
Li-Ion batareyasini xavfsiz utilizatsiya qilish uchun eng yaqin
tasdiqlangan xizmat markazi bilan bog‘laning.
Diqqat
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal
qilmaslik shikastlanishga yoki qurilmaning
zararlanishiga olib kelishi mumkin
Qurilmangizdan boshqa elektron qurilmalar yaqinida
foydalanmang
• Ko‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi.
Qurilmangiz boshqa elektron qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.