manual de utilizador

O'zbek
701
Qurilmangizni juda sovuq yoki juda issiq joylarga qo‘ymang.
Qurilmangizdan 5°C dan 35°C gacha bo‘lgan haroratda foydalanish
tavsiya etiladi
• Qurilmangizni yoz vaqtidagi avtomobilning ichi kabi issiq joylarda
qoldirmang. Bunday qilish ekranni buzishi, qurilmaga zarar yetkazishi
yoki batareyaning portlashiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq
vaqtga qoldirmang (misol uchun avtomobil torpedasida).
• Batareyani quyidagi haroratda saqlash tavsiya etiladi: 0 °C dan 45 °C
gacha.
Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo‘yin zanjirlar kabi metall
buyumlar bilan birga saqlamang
• Qurilmangizning ustki qismi chizilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.
• Agar batareya terminallari metal predmetlar bilan tutashganda,
yong‘in keltirib chiqarilishi mumkin.
Qurilmangizni magnitli maydonlar atrofida saqlamang
• Qurilmangizga zarar yetishi yoki magnitli maydon sababli batareya
quvvati yo‘qotilishi mumkin.
• Magnit tasmali kartochkalar, jumladan, kredit kartochkalar, telefon
kartochkalari va qo‘nish talonlari, magnit maydon tomonidan
zararlangan bo‘lishi mumkin.
Qurilma qizib ketsa, bir muncha vaqt davomida undan yoki undagi
ilovalardan foydalanmay turing
Qizib turgan qurilmaning uzoq vaqt davomida teriga tegib turishi,
qizarish kabi past darajadagi kuyish simptomlarini yuzaga keltirishi
mumkin.
Orqa qopqog‘i olib tashlanganda qurilmangizdan foydalanmang
Qurilma batareyasi chiqib ketishi mumkin va bu qurilma ishiga zarar
yetkazishi mumkin.
Agar qurilmangiz kamera fleshi yoki chirog‘iga ega bo‘lsa, uni
insonlar yoki hayvonlar ko‘zlariga yaqin masofada ishlatmang
Fleshni ko‘zga yaqin masofada ishlatish ko‘rish imkoniyatini yo‘qotishi
yoki ko‘zni shikastlashi mumkin.