manual de utilizador

O'zbek
705
Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki
o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang
• Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar
ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni
ta’mirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.
• Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash
yoki yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.
• Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o‘chiring. Agar yoqilgan
holatdagi qurilmadan batareyani olib tashlasangiz, bu qurilmaga zarar
yetkazishi mumkin.
Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
• Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan
arting.
• Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.
• Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish
qurilma korpusini yemirishi yoki uning rangini o‘chirishi, elektr toki
urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.
Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga
halaqit bermang
Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun
ruxsat bering
Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish
qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi
tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.
SIM-kartalar, xotira kartalari yoki kabellarni ehtiyotkorlik bilan
ushlang
• Qurilmaga karta kiritayotganda yoki kabel ulanayotganda, karta
to‘g‘ri kiritilganligiga va kabel to‘g‘ri tomonga ulanganligiga ishonch
hosil qiling.