manual de utilizador

O'zbek
710
“UCHINCHI TOMON TARKIB VA XIZMATLAR TA’MINOTI
KAFOLATLANMAGAN. SAMSUNG TARKIB YOKI XIZMATLARNI ISTALGAN
MAQSADDA ANIQ YOKI NAZARDA TUTILGAN HOLATDA ISHLATILISHI
TA’MINLANISHINI KAFOLATLAMAYDI. SAMSUNG NAZARDA TUTILUVCHI
SHARTLARNI QAT’IYAN RAD ETADI, MA’LUM MAQSADNI KO‘ZLOVCHI
TOVAR VA YAROQLILIK KAFOLATI BILAN CHEKLAMAY, ULARNI O‘Z ICHIGA
OLGAN HOLDA. SAMSUNG HECH QACHON USHBU QURILMA ORQALI
OLINUVCHI TARKIB YOKI XIZMATLARNING ANIQLIGI, ASOSLANGANLIGI,
PUNKTUALLIGI, QONUNIYLIGI VA TO‘LIQLILIGINI KAFOLATLAMAYDI,
JUMLADAN, USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI
XIZMATLARDAN YOKI ULARDAGI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH
ORQALI KELUVCHI, U SHARTNOMA YOKI IJTIMOIY TAMOYIL BO‘LISHIDAN
QAT’IY NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI ATAYIN
YETKAZILGAN ZARARLAR, ADVOKATLAR UCHUN GONORARLAR YOKI
BOSHQA HARAJATLAR UNDIRIB BERILMAYDI.
Uchinchi tomon xizmatlari istalgan vaqtda to‘xtatilishi yoki uzib qo‘yilishi
mumkin va Samsung har qanday tarkib yoki xizmatdan ma’lum bir
muddat davomida foydalanish mumkinligi haqida hech qanday tasdiq
yoki kafolat bermaydi. Uchinchi tomon tarkib va xizmatlari Samsung
tomonidan nazorat qilinmaydigan uzatish tarmoqlari va vositalari orqali
uzatiladi. Ushbu qo‘shimcha shartlarni chegaralamagan holda, Samsung
ushbu qurilma orqali foydalaniluvchi har qanday tarkib yoki xizmatning
to‘xtatilishi yoki uzib qo‘yilishi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z
bo‘yniga olmaydi.
Samsung tarkib va xizmatlar bilan bog‘liq foydalanuvchilarni qo‘llab-
quvvatlash uchun javobgar emas. Tarkib yoki xizmat bilan bog‘liq
har qanday so‘rov yoki yordam uchun ushbu tarkib yoki xizmat
ta’minotchilariga murojaat qilinishi lozim.