Installation Guide

- O'zbekcha 114 - - O'zbekcha 115 -
O'zbekcha
Televizorni o‘rnatish, yechib olish, gorizontal rostlash yoki kronshteynni egish uchun ushlaganingizda, ekranga
bevosita kuch ishlatmang.
Televizorni o‘rnatish, yechib olish, gorizontal rostlash yoki kronshteynni egish uchun harakat qilganingizda
kabellarni shikastlamang.
Kronshteyn o‘rnatilganidan keyin televizor va taglikka ortiqcha zarba tegmasin. Kronshteyn yoki televizor
shikastlanishi yoki televizor bilan kronshteyn orasi bo‘shab qolishi mumkin. Bu holda kronshteynni qayta o‘rnating
yoki mutaxassisdan yordam oling.
Mahsulot modelini hamda to‘plamdagi foydalanuvchi qo‘llanmasini tekshiring, devorga o‘rnatish mumkinligini
tekshiring.
Devor barqaror bo‘lsin. Agar devor kuchsiz bo‘lsa, o‘rnatishdan oldin uni mustahkamlang.
Agar devor sement bo‘lmasa, unga televizorni o‘rnatish mumkinligi xususida mutaxassis bilan
maslahatlashing.
Mahsulot o‘rnatiladigan devor haqida hech narsani bilmasangiz, mutaxassisga murojaat qiling.
Mahsulot bir maromda ishlashi va buzilib qolmasligi uchun quyidagi joylarga o‘rnatmang.
Tebranish yoki zarb tegish xav mavjud joylar: Mahsulot tushib ketishi va shikastlanishi mumkin.
Suv sepkichli datchik yaqiniga: Datchik televizordan chiqqan issiqlikni aniqlab, sepkichlarni ishga tushirishi
mumkin.
Yuqori kuchlanishli kabellar yaqinida: Yuqori kuchlanishli kabel televizorga xalaqit berishi va ekran yaxshi
ko‘rsatmasligi mumkin.
Isitkichlar yaqinida: Televizor qizib ketib, yaxshi ishlamasligi mumkin.
Tik devordan boshqa joyga o‘rnatmang.
Bolalar qo‘li yetmaydigan qilib o‘rnating.
Devorni teshib, ichiga o‘rnatmang.
O‘rnatiladigan devorning turi va holatini tekshirishni
unutmang.
Devor turiga qarab, har xil materiallar ishlatilishi mumkin.
Quyidagi xarakteristikalarga asoslanib, materiallarni
tanlang.
To‘plamdagi hamma vintlarni ishlatish shart emas. Ammo
kamida 4 ta vintni ishlatish lozim.
Vintlarni A deb belgilangan ikkita joyda ishlatish kerak.
Sharoitga qarab, o‘rnatish uchun B deb belgilangan
kamida 2 ta joyni tanlang.
Kabellarni devor ichiga yashirish uchun o‘rnatuvchi
mutaxassisga murojaat qiling.