Health and safety

4
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash,
yangilarini muzlatish va muz kubiklari
tayyorlash uchun ishlatiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqsiz,
sovutkich yoki muzlatish
kamerasining ichki yuzalari bilan
bevosita kontaktda saqlamaslikka
harakat qiling.
Uskuna maxsus bo‘linmalarga (yangi
oziq-ovqat mahsulotlari uchun
kamera, bo‘linma, nol-kamera va h.k.)
ega bo‘lishi mumkin.
Qator hollarda, agar bu muyyan
uskunaning bukletida maxsus aytib
o‘tilmagan bo‘lsa, ekvivalent
unumdorlik xususiyatlariga erishish
uchun ularni olib qo‘yish mumkin.
С-pentan izolyatsiya ko‘pigida
ko‘piklantiruvchi modda sifatida
ishlatiladi va yonuvchan gaz
hisoblanadi.
O‘RNATISH
Uskuna ishlab chiqaruvchining
yo‘riqnomalariga va amaldagi
mahalliy xavfsizlik me'yorlariga
muvoq malakali mutaxassis
tomonidan o‘rnatilishi va
ta'mirlanishi lozim. Foydalanish
bo‘yicha yo‘riqnomada ma'sus
ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa,
uskunaning biron qismini
ta'mirlash yoki almashtirish
taqiqlanadi.
Uskunani bolalar o‘rnatishiga yoki
o‘rnatish chog‘ida uskunaning
oldida turishiga yo‘l qo‘ymang.
O‘rnatish vaqtida va keyin
qadoqlash materiallarini (plastik
qopchalar, polistiroldan ishlangan
qismlar va h.k.) bolalarning qo‘li
yetmaydigan joyda saqlang.
Uskunani o‘rnatish uchun ikki yoki
undan ortiq kishi kerak. Uskunani
qadoqdan olayotganda va
o‘rnatayotganda maxsus qo‘lqop
kiying.
Pol qoplamasiga (maslan,
parketga) zarar yetkazmaslik uchun
uskunani ehtiyotlik bilan joydan
joyga ko‘chiring.
Uskunani o‘rnatishga mos,
mustahkam, uskunaning og‘irligini
ko‘tara oladigan joyga o‘rnating.
Uskunani qadoqdan chiqarganda
transporta tashish vaqtida zarar
yetmaganini tekshiring. Muammo
chiqqan taqdirda dilerga yoki
yaqin joylashgan sotuvdan keyin
xizmat ko‘rsatish markaziga
murojaat qiling.
O‘rnatishdan oldin uskunaning
elektr ta'minotidan uzish zarur.
O‘rnatish chog‘ida uskuna elektr
ta'minoti simiga zarar
yetkazmasligiga e'tibor bering.
Yetarlicha ventilyatsiya
ta'minlanishi uchun uskunaning
yon tomonlaridan bo‘sh joy
qoldiring.
Uskunaning orqa paneli bilan
devor orasidagi masofa 50 mm
bo‘lishi kerak, shunda qizib turgan
yuza bilan kontakt istisno qilinadi.
Ushbu masofa qisqargan taqdirda,
uskuna ko‘proq elektr energiyasi
iste'mol qiladi.
O‘rnatish oxiriga yetgandan
keyingina uskunani yoqing.
Uskunani yoqishdan oldin sovitish
agenti konturi to‘liq ishga yaroqli
ekaniga ishonch hosil qilish uchun
kamida ikki soat kuting.
Uskuna issiqlik manbaidan uzoqda
turishi lozim.
ELEKTR ENERGIYASI BILAN
ISHLASHDA XAVFSIZLIK
TEXNIKASI
Amaldagi xavfsizlik texnikasi
qoidalariga muvoq, uskuna yerga
tutashtirilgan bo‘lishi lozim,
uskunani ishlatish uchun esa
ajratilgan kontaktlari orasida 3
mmlik minimal yoriq qoldirilgan
ko‘p qutbli yoqib-o‘chirgichdan
foydalanish lozim.
Agar o‘rnatilgan shtepsel vilkasi
sizning rozetkangizga to‘gri
kelmasa, malakali mutaxassis bilan
bog‘laning.
Elektr ta'minoti kabelining uzunligi
uskunani asosiy quvvat manbaiga
ulash uchun yetarli bo‘lishi lozim.
Ta'minot kabelini uzaytirish man
etiladi.
Agar ta'minot kabeliga zarar yetsa,
uni boshqasiga almashtiring.
Ta'minot kabeli ishlab
chiqaruvchining yo‘riqnomalariga va
amaldagi xavfsizlik texnikasi
qoidalariga muvoq malakali
mutaxassis tomonidan almashtirilishi
lozim.
Rasmiy servis markazi bilan
bog‘laning.
Agar shtepsel vilkasi sizning
rozetkangizga tushmasa, malakali
mutaxassis bilan bog‘laning.
Uzaytirgich, uchtalik yoki
perexodnikdan foydalanmang.
Agar tarmoq simi yoki shtepsel
vilkasiga zarar yetgan bo‘lsa, agar
uskuna lozim tarzda ishlamasa, unga
zarar yetkazilgan yoki tushirib
yuborilgan bo‘lsa, uskunadan
foydalanmang. Elektr simini issiqlik
manbaidan uzoq ushlang.
Uskuna o‘rnatilgandan so‘ng uning
elektr komponentlariga
foydalanuvchining qo‘li yetmasligi
kerak..
Uskunaga ho‘l qo‘lingiz yoki
tanangizning boshqa a'zolari bilan
tegmang. Oyoq kiyimingiz bo‘lmasa,
uskunadan foydalanish man etiladi.
XIZMAT KO‘RSATISH VA QARASH
Xizmat ko‘rsatish va qarash choqida
himoya qo‘lqopidan foydalaning.
Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha har
qanday ishni boshlashdan oldin
uskunani elektr tarmog‘idan uzish
lozim.
Hech qachon bug‘simon modda
sepib ishlatiladigan tozalash
vositalaridan foydalanmang.
Uskunaning plastik qismlari, ichki va
tashqi qistirmalari yoki qistirma
zichlagichlarini tozalash uchun oyna
uchun sprey, tozalash uchun yuvish
vositalari, yonuvchan suyuqliklar,
tozalash mumi,
konsentratsiyalanmagan yuvish
vositalari, oqartirish vositalari yoki
tarkibida neft mahsulotlari bo‘lgan
yuvish vositalaridan foydalanmang.
Qog‘ozli sochiq, gubka yoki boshqa
qattiq materiallarni ishlatmang.