Setup and user guide

2
USKUNANI BIRINCHI BOR ISHLATISH
Uskunani elektr tarmog’iga ulagandan keyin u avtomatik
ravishda ishga tushadi.
Uskuna ulanganidan so'ng, sovitish va muzlatish
kameralarning ichiga oziq-ovqat joylashtirishdan oldin,
kamida 4-6 soat kutib turing.
Uskuna elektr ta'minotiga ulanganida, displey yonadi va
barcha belgilar taxminan 1 sekundga ekranda paydo bo’ladi.
Sovitish kamerasida standart (zavodda o'rnatilgan) qiymatlari
yonib ko’rinadi.
FUNKSIYALAR
ULASH/KUTISH
Uskunani Kutish funksiyasiga o’tkazish uchun, Ulash/Kutish
tugmasini 3 sekund mobaynida bosib turing. Ulash/Kutish
ko’rsatgichdan tashqari barcha ko’rsatkichlar o’chadi.
Uskunani qayta yoqish uchun tugmani yana bir bor bosing.
AQLLI DISPLEY
Elektr energiyani tejash uchun mazkur qo'shimcha funksiyadan
foydalanish mumkin. Aqlli Displeyni faollashtirish uchun, Sovitish
kamera harorati va Muzlatish kamera harorati tugmalarini birgalikda,
signal chalinishi eshitilganigacha, 3 sekund mobaynida bosib turing.
Mazkur funksiyani o'chirish uchun shu tartibni qaytaring. Mazkur
funksiya uskunani elektr energiya ta'minotidan uzmaydi, u faqat
uskunaning energiya iste'molini qisqartiradi.
SOVITISH KAMERA HARORATI
Sovitish kamera haroratini rostlamoq ushun kameradagi °C
tugmasini bosing. Sovitish kamera harorati +2°C va +8°C orasida
rostlanishi mumkin, buni Sovitgich Harorati Displeyi ko'rsatadi (°C).
MUZLATISH KAMERA HARORATI
Muzlatish kamera haroratini rostlamoq ushun kameradagi °C
tugmasini bosing . Muzlatish kamera harorati -16°C va -24°C orasida
rostlanishi mumkin, buni Muzlatish Kamera Harorati Displeyi
ko'rsatadi (°C).
TA'TIL
Uskunani uzoq muddat ishlatish jarayonida elektr quvvatini tejash
uchun, mazkur funksiyani faollashtirish mumkin. Mazkur funksiyani
faollashtirishdan oldin, barcha tez buziladigan oziq-ovqatlarni
sovitish kamerasidan chiqaring, eshik yaxshi yopilganiga ishonch
hosil qiling,chunki muzlatgich noxush hidlar paydo bo'lmasligiga
mos haroratni saqlaydi (+12°C).
Faollashtirish/Beko'r qilish uchun Ta'til tugmasini bosing. Mazkur
funksiya Faol holatda bo'lsa, tegishli belgi yonadi.
Harorat nominal qiymatini o'zgartirganda mazkur funksiya vazifalari
avtomatik ravishda o'chadi.
Muzlatish kamerasi to'g'ri ishlayapti.
AKSESSUARLAR
TUHUM PATNISI PISHLOQ QUTISI SHISHA G'ALADONI
SHISHA AJRATGICHI
MUZLATISH KAMERA
TORTMASINING BO'LUVCHISI
SOVITISH KAMERA TORTMASINING
BO'LUVCHISI
TEZKO'R MUZ KAMERASI EUTETICS/TEZKO'R MUZ PATNISLARI
BIRINCHI BOR FOYDALANISH
KUNDALIK ISHLATISH
Funksiyalar va boshqa tafsilotlar uchun Foydalanish va nazorat etish
qo'llanmaga amal qiling / Foydalanish va nazorat etish qo'llanmani
olish yo'li haqida ma'lumot uchun ushbu broshuraning orqa
tomonida joylashgan ma’lumotni ko'ring